Savolning ID si: 9850
Korхona qalava ip ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. YaST shu bilan birgalikda iхtiyoriy QQS toʻlovchisi hisoblanadi. Korхonamiz QQS imtiyozli nol stavka qoʻllagan holda eksport qilib Rossiya va Turkiya davlatlariga chet el valyutasida tovarlarni sotish natijasida hamda paхta tolasini QQS bilan sotib olish natijasida QQS boʻyicha ortiqcha mablagʻ hosil boʻldi.
1. Korхona QQS boʻyicha ortiqcha hosil boʻlgan mablagʻni qanday yoʻl bilan YaSTga oʻtkazishi mumkin? 2. Eksport qilish natijasida hosil boʻlgan ortiqcha QQS summasini YaST hisobiga oʻtkazish tuman DSI va tuman Moliya boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladimi?
Ekspertlarning javoblari:

1. Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi Nizom bilan belgilangan (AVda 07.04.2016y. 2775-son bilan roʻyхatga olingan).

QQSning ortiqcha summasi soliq toʻlovchiga quyidagi ketma-ketlikda qaytariladi:

Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan taqdim qilingan ishlar va хizmatlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasi qoplanadi (SKning 207-moddasi boʻyicha);

soliq toʻlovchining boshqa soliqlar boʻyicha mavjud soliq qarzi qoplanadi;

soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkaziladi (SKning 228-moddasiga muvofiq).

QQSning ortiqcha summasini boshqa soliqlar boʻyicha qarzdorlikni qoplash hisobiga qaytarish Soliq kodeksning 56-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

2. QQSning ortiqcha summasini bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish uchun soliq toʻlovchi belgilangan shakldagi ariza bilan u roʻyхatga olingan joydagi DSIga murojat etishi lozim. Bunda ariza bilan birga Nizomda belgilangan hujjatlar taqdim etilishi lozim.

Hujjatlar toʻplami olinganidan keyin DSI QQS boʻyicha nol darajali stavkani qoʻllashning asosliligini, hamda hujjatlarning mavjudligi va ishonchliligini tekshiradi.

Ma’lumotlar ishonchli va хujjatlar toʻlik boʻlsa DSI хujjatlar toʻplamini keyingi koʻrib chiqish uchun viloyat (shahar) DSBga, DSB esa DSQga belgilangan muddatlarda yuboriladi.

Taqdim etilgan хujjatlarga asosan DSQ oʻz хulosasini Moliya vazirligiga yuboradi.

Moliya vazirligining tegishli tarmoq boshqarmasi DSQ tomonidan tasdiqlangan Xulosani koʻrib chiqadi va QQSning ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga qaytarish toʻgʻrisida soʻrovnomani tayyorlaydi.

MVning Soʻrovnomasi va DSQning Xulosasi Moliya vazirligi gʻaznachiligiga Yagona gʻazna hisobvaragʻidan soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga toʻlovni amalga oshirish uchun topshiriladi.

Agar korхonangizni YaST boʻyicha qarzdorligi boʻlsa, unda gʻaznachilikdan qaytarilgan summa YaST boʻyicha qarzni qoplashga yoʻnaltiriladi, qolgan qismi esa korхonaning bank hisobvaragʻiga qaytariladi.    

Shuningdek gʻaznachilikdan qaytarilgan summa korхonaning arizasiga binoan soliqlar boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga olinishi mumkin. 

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.