Savolning ID si: 9994
Men Samarqand shahrida xususiy korxona tashkil qilmoqchiman. Toshkent shahrida tayyor maxsulot ishlab chiqaruvchi korxona bilan uch tomonlama vositachilik shartnomasini tuzib, ushbu korxonadan tovarlarni olib, chakana savdo bilan shugʻullanayotgan XYuSlarga 100 % pul koʻchirish yoʻli orqali sotsam boʻladimi? Bajariladigan ishlarimiz ular shartnoma shartlarida quyidagicha aks ettiriladi: 1. Ishlab chiqaruvchi korxona (komitent) oʻzida ishlab chiqarilayotgan tovarlarni (oldindan toʻlov talab qilmasdan) biz(komissioner)ga schet-faktura orqali sotib berish uchun vaqtincha beradi (korxonamizga berilgan tovarlarga egalik huquqi, ularni xaridor-sotib oluvchilarga sotish vaqtimizgacha komitentda qoladi). 2. Biz tovar summasiga savdo ustamasini kuymasdan sotamiz. Xaridorlardan davlat ruyxatidan oʻtganligini tasdiklovchi guvohnoma va NKM borligi toʻgʻrisida DSI ma’lumotnomasidan nusxa xamda ishonchnoma olamiz. Ularga tovar miqdori va summasini tasdiqlovchi schet- fakturani yezib, tovarga sertifikatlarni beramiz. 3. Komissionerdan tovar olgan xaridorlar olgan tovarlari uchun toʻlovni korxona hisob raqamiga 100 % pul koʻchirish orqali oʻtkazib beradi. Biz esa ushbu pullarni komitent xisob rakamiga toʻliq oʻtkazib beramiz. Barcha harajatlar korxonamiz tomonidan amalga oshiriladi. Komitent esa vositachilik shartnomasi asosida, bizni hisob rakamimizga bajargan ish hajmimizga qarab vositachilik haqini oʻtkazib beradi. 4. Har oy oxirida biz (komissioner) komitentdan olgan tovarlar harakati toʻgʻrisida hisobotlarni komitentga takdim etamiz. 5. Tovarlarni komitent manzilidan oʻz omborxonamizga, omborxonamizdan xaridorlar savdo shaxobchasiga balansimizdagi xamda ijaraga olingan avtomashinalar orqali yetkazib beramiz.
1. Korxonamiz yuqorida qayd etilgan holatlarni aks ettiruvchi uch tomonlama vositachilik shartnomasini tuzsa boʻladimi? Yoki birinchi komitent bilan komissioner oʻrtasida, keyin komissioner bilan sotib oluvchi oʻrtasida ikkita shartnoma tuzish kerakmi? 2. Korxonamiz yukorida qayd etilgan tartibda vositachilik savdosini amalga oshirishi mumkinmi? 3. Korxonamiz Komitentdan (vositachilik savdosini amalga oshirish uchun) olgan tovarlarni, sotuvchi xaridorlarga (savdo ustamasi quymasdan) belgilangan tartibdagi schet-fakturalarni rasmiylashtirgan xolda, fakat pul kuchirish yoʻli orqali sotishi mumkinmi? 4. Bu xolatda korxonamiz qanday soliq toʻlovchisi boʻlib hisoblanadi (YaST mi yoki umumbelgilangan tartibdagi soliklarni toʻlovchisimi)? 5. Yukorida kayd etilgan tartibda biz vositachilik faoliyatini amalga oshirsak, soliq idora xodimlari buni ulgurji savdo faoliyati deb e’tirof qilishmaydimi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyxatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin