Soliq nazorati
QQS kameral tekshiruvini asos qilib, bizga yana sayyor tekshiruvi tayinlashlari asoslimi? 2025 yil yanvar oyi boshida sayyor tekshiruv bo'lgan bo'lsa va kirim-chiqim bo'lmagan bo'lsa, bu PQ-374 ga zid bo'lmaydimi (bir davrga 2 tekshiruv bo'lib qolmaydimi)? QQS kameral tekshiruv o'tkazayotgan soliq mutaxassisi kameral tekshiruv jarayonida ijara shartnomamiz soliq saytidan ro'yxatdan o'tgan-o'tmaganligini tekshiryapti, bu faqat sayyor tekshiruvda tekshirilmaydimi?
Soliq davri boʻyicha QQS toʻgʻri hisoblanishi yuzasidan avval soliq auditi oʻtkazilgan boʻlsa, qoplanishi nazarda tutilgan soliq summasining asoslanganligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi.
Soliq organi soliq qarzini undirishning belgilangan muddati oʻtishi munosabati bilan uni undirish imkoniyatini yoʻqotganligi toʻgʻrisida qaysi sud tomonidan qaror qabul qilinadi va soliq toʻlovchi qaysi sudga ushbu talab bilan murojaat qiladi?
Soliq qarzdorligini undirish toʻgʻrisidagi ishlar tegishliligicha iqtisodiy sudlar va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning sudloviga taalluqli.
Agar korxona faoliyat ko'rsatmayotgan maqomida tursa hamda hech qanday soliq va boshqa qarzdorligi bo'lmasa, unga nisbatan soliq auditi yoki biron bir boshqa turdagi soliq tekshiruvi tayinlanishi mumkinmi?
Davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud boʻlmagan korхonalarning moliya-хoʻjalik faoliyati tekshirilmaydi.
1. Soliq organi tomonidan “Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish haqida”gi buyruqqa asosan tekshiruv boshlangandan keyin ushbu buyruqqa oʻzgartirish kiritish mumkinmi (masalan, buyruqda “2022 yil fevral-may oylaridagi faoliyatda QQS toʻgʻri hisoblanishi va byudjetga toʻlanishi yuzasidan” deb nazarda tutilgan bir vaqtda “2022 yil fevral-iyun oylaridagi faoliyatda jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq” deb oʻzgartirish)? 2. Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maхsus guvohnoma soliq toʻlovchiga taqdim etilmasligining huquqiy oqibati qanday?
Ushbu holatda haqiqiy emas deb topilgan VDSB qarori asosida undirib olingan mablagʻni jamiyat hisob raqamiga qaytarish tartibi qanday?
Ortiqcha undirilgan soliq summasini qaytarish uchun soliq organiga ariza bilan murojaat etiladi.
Kameral tekshiruvi doirasida 3 yillik barcha hisob hujjatlarining talab qilib olinishi mumkinligi
Kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq majburiyati aniqlanadigan soliq davri tugaganidan keyin 5 yillik davrga nisbatan oʻtkazilishi mumkin.
Xronometraj qanday amalga oshiriladi?
Ha, soliq хizmati organlari хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda soliq хizmati organining rahbari chiqargan buyruq asosida хronometraj koʻdan kechirishni oʻtkazishga va bunda ishlab chiqarish jarayonini oʻrganishga haqlilar.