Ulgurji va chakana savdo
Qurilish tovarlarini realizatsiya qiladigan savdo majmuasi oziq-ovqat mahsulotlarini sotishi mumkinmi?
Qurilish tovarlarini realizatsiya qiladigan savdo majmuasi Qoidalarning talablarini bajargan holda oziq-ovqat mahsulotlarini sotish huquqiga ega.
1. Qatiy belgilangan soliq toʻlovchilar tamaki va alkogol mahsulotlari chakana savdosi bilan shugʻullana oladimi? 2. Chakana savdo bilan shugʻullanuvchi sub’yektlar qaysi turdagi хoʻjalik yurituvchi sub’yekt shaklini tanlagani qulay boʻladi (XK yoki MChJ)?
Chakana savdo sohasidagi soliq toʻlovchilar tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tovar aylanmasi boʻyicha 4 % miqdorda soliq toʻlaydilar.
Elektron tijorat orqali sotiladigan tovarlar chakana savdo faoliyatiga kiradimi
Qarorlar, farmonlar va qonunlardagi qoidalar bir-biriga zid kelgan hollarda qonun ustuvor hisoblanishini hisobga olib, PQ-2647 dagi savdo ustamasi chegarasidan koʻproq ustama bilan tovar sotishimiz mumkin, degan fikrga keldik. Bizning fikrimiz va yuqorida keltirilgan ziddiyatga fikr bildirsangiz.
Bozorda хarid qilingan tovarlar uchun toʻgʻri hisoblashish
Xodimning oyligi toʻlab beriladigan plastik kartaga hisobdorlik asosida pul berilmaydi.
Yuridik shaxs o’zining korporativ kartasidan boshqa yuridik shaxs bilan savdo qilsa bo'ladimi? Shunday holatda yuridik shaxsdan tovar olib, jismoniy shaxslarga sotadigan bo'lsak, bizning faoliyat turimiz ulgurji savdo bo’ladimi yoki chakana savdomi?
Bundan keyingi faoliyatimizni koʻchma savdo orqali tashkil qilsak boʻladimi?
Koʻchma savdo ob’yektlari va transport vositasi "K-SAVDO" AATda belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilishi kerak.
Biz jismoniy shaхsdan 100 mln. soʻm atrofidagi toʻlovlarni qabul qilishimizga qonuniy toʻsiq yoʻqmi? Bu vaziyatda qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi?
MChJ хizmat koʻrsatuvchi bankdan uzoqda joylashganligi sababli chakana savdodan tushgan naqd pul tushumini 20 mln. soʻmdan oshib ketmagan holda har necha kunda bank kassasiga topshirishi mumkin? Masalan, 10 yoki 14 kun qilib belgilasa boʻladimi?
Naqd pul tushumi BHMning 20 baravaridan kam boʻlsa yoki onlayn nazorat-kassa mashinalaridan (virtual kassadan) foydalanilsa, naqd pulni topshirish kunini tadbirkorlik sub’yekti oʻzi belgilaydi.