Mehnat shartnomasida qoidabuzarliklar va jarimalar haqida ma’lumot berish mumkinmi

preview

«Tashkilot xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga ilovada quyidagilarni koʻrsatgan: 1) himoya toʻsiqlari boʻlmagan joylarda sugʻurtasiz (montaj kamari) 1,8 m dan ortiq balandlikda ishlash – 100 ming soʻm jarima. 2) qurilish maydonida maxsus kiyimsiz va shaxsiy himoya vositalarisiz boʻlish, biron-bir kiyim yoki himoya vositasining qonun hujjatlari talablariga mos kelmasligi – 50 ming soʻm jarima. 3) yongʻinga qarshi rejim qoidalarini buzish – 100 ming soʻm jarima. 4) elektr qurilmalari (PUE, PTEE) qoidalarini buzish – 50 ming soʻm jarima. Bu qonuniymi?».

Kadrovik.uz tushuntiradi:

 

– Qoidabuzarliklar roʻyxati va ular uchun qoʻllaniladigan jarimalar miqdori, qoida tariqasida, Ichki mehnat tartibi qoidalarida (barcha mulk shaklidagi tashkilotlar uchun majburiy) yoki texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasiga oid boshqa mahalliy hujjatlarda keltiriladi.

Mehnat shartnomalarini tuzishda xodimlarni imzo ostida korxonaning ushbu mahalliy hujjatlari bilan tanishtirish kifoya.

Ushbu mavzu boʻyicha qoʻshimcha maslahatlarni quyidagi nashrlardan topasiz:

Valeriya LYaNDRES

 «Norma» eksperti

Ishga qabul qilish - Oʻzbekistonda ishga qabul qilish tartibi, Oʻzbekiston Respublikasida ishga joylashish haqida hamma narsa ishga qabul qilish, oʻzbekistonda ishga qabul qilish, ishga qabul qilish tartibi Oʻzbekistonda ishga yollash qanday ishlaydi? Bu yerda siz Oʻzbekiston Respublikasida ishga qabul qilish tartibi haqida maqolalar bilan tanishasiz. Oʻzbekistonda mehnat shartnomalarini tuzish va ishga qabul qilish qoidalari haqida hamma narsa kadrovik.uz saytida /oz/publish/doc/text183519_mehnat_shartnomasida_qoidabuzarliklar_va_jarimalar_haqida_malumot_berish_mumkinmi