Savolning ID si: 10221
ID-10112-sonli savolning 3-qismida "Agar byudjet tashkiloti Byudjet kodeksining 60-63 moddalarida koʻrsatilgan manbalar hisobidan qoʻshimcha daromad olayotgan boʻlsa, ular ham PQ-3454-son Qarorning 10-bandida belgilangan huquqdan foydalana olishadimi? Agar mumkin boʻlsa, unda ular qanday qoʻshimcha soliq hisobotlari topshirishlari kerak boʻladi?" deb masala qoʻyilgandi. Bu yerda soliq toʻlash jihatidan emas, balki byudjet tashkilotlari soliqlardan imtiyozga ega boʻlsada, shuning hisobini yuritishlari kerak boʻladi. Shu holatda ular ham faqat yagona soliq toʻlovini hisoblasa boʻladimi deb soʻramoqcha boʻlgandim. Ya’ni Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-sonli Qarorining 10-bandiga asosan 2018 yil 1 yanvardan boshlab notijorat tashkilotlarga хodimlar sonidan qat’iy nazar tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlari boʻyicha mikrofirma va kichik korхonalar uchun nazarda tutilgan tartibda yagona soliq toʻlovini toʻlashga ruхsat berilganligiga asoslangan holda.
Agar soliqlarni hisoblab chiqarish jarayonida byudjet tashkiloti yagona soliq toʻlovini hisoblashi mumkin boʻlsa, unda qanday soliq hisobotlari topshirishi kerak boʻladi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin