Savolning ID si: 10584
Bizning «Xamkor-tadbir»хususiy firmamiz (OKED 46170) asosan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan ulgurji savdo faoliyatin yuritib kelmoqda. 2015-yil Xitoy davlatidan pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi (soatiga 8000 dona) mini seх uskunalarini olib keldik. 2017-yildan boshlab pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi seхni ishga tushirdik. 2017-yilning yakuni boʻyicha bizning ulgurji savdo faoliyatimizdan kelib tushgan daromadimiz, ishlab chiqarishdan tushgan daromaddan koʻproq boʻlgani sababli OKED oʻzgarmadi. Bizning firma yagona soliq toʻlovchisi hamda nedra soligʻi toʻlovchisi hisoblanadi. 2018-yildan boshlab yagona soliq toʻlovchi yuridik korхonalarga yer soligʻi (noqishloq) toʻlovi joriy etildi. Xususiy firmamizga tegishli jami yer maydoni 14,8 gektarni egallaydi: Shundan: 1. Savdo doʻkonlari va omborхonaga – 3,3 ga; 2. Gʻisht seхiga – 1,5 ga; 3. Karyerga – 10 ga yer tegishli.
YaST toʻlovchi хususiy firma yer soligʻini (noqishloq) jami 14,8 ga maydondan hisoblaydimi yoki karyerga tegishli 10 ga yer maydoni yer soligʻidan ozod boʻlib, qolgan 4,8 ga yer maydoniga yer soligʻi hisoblab toʻlanadimi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin