Savolning ID si: 11487
Qurilish tashkiloti 2016 yil avgust oyida qurilish montaj ishlari boʻyicha pudrat shartnomasini tuzgan. Buyurtmachi quruvchi tomonidan bajariladigan qurilish-montaj ishlarini byudjetdan moliyalashtiriladigan manbalar asosida toʻlovlarni amalga oshirib kelmoqda. Qurilish-montaj ishlari yildan-yilga oʻtib kelmoqda, ya’ni bugungi kunda ham davom etmoqda. Qurilish-montaj shartnomasining summasi QQSsiz 2016 yilda 7485,23 mln.soʻmga tuzilgan. Shartnoma tuzilishida 17,5 % miqdorida qoʻshimcha haq (06.05.2009 y kungi №05 23-16 bayonnomaga muvofiq) toʻlashga kelishib olingan. Bugungi kunda ham bajarilgan qurilish-montaj ishlari boʻyicha topshirilayotgan ishlar dalolatnomasiga asosan tuzilayotgan hisob-varaqa-fakturada yuqoridagi bayonnomaga muvofiq 17,5% qoʻshimcha haq koʻrsatilmoqda. Buyurtmachi tomonidan hisob-varaqa-faktura e’tirozlarsiz qabul qilinmoqda va toʻlovlarni (5% kafolat summasini inobatga olgan holda) toʻlab kelmoqda.
Qurilish korхonasi tomonidan QQS qaysi holda toʻlanadi, bizning korхonamiz QQS toʻlovchisi hisoblanadimi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin