Savolning ID si: 5475
Korхona ulgurji savdo bilan shugʻullanadi (XXTUT 71150). 2015 yilda korхona quyidagi faoliyatni amalga oshirdi. 3 chorak uchun tushum jami 11 500 ming soʻm (100%): ijara 10 000 ming soʻm (86,96%) ulgurji savdo 1 500 ming soʻm (13,04%). 4 chorak uchun tushum jami 9 000 ming soʻm (100%): ijara 5 000 ming soʻmni (55,56%) tashkil qildi ulgurji savdo 4 000 ming soʻmni (44,44%) tashkil etdi. Jami yil uchun 20 500 ming soʻm (100%): Ijara – 15 000 ming soʻm (73,17%) Ulgurji savdo 5 500 ming soʻm (26,83%) Demak, 3 chorak yakunlari boʻyicha ijara asosiy faoliyat turi hisoblanadi va umumiy ulushda 86,96%ni tashkil qiladi, tegishincha YaST 30% stavka boʻyicha hisoblab yoziladi. 4 chorakda ijara ulushi 60%dan kamni tashkil qildi, YaST stavkasi 6%gacha pasaydi.
Agar 2015 yilning uchinchi choragida ijara 86,96%ni, toʻrtinchi chorakda 55,56%ni, oʻsuvchi yakun boʻyicha esa 73,17%ni tashkil qilgan boʻlsa, savdo shoхobchalari ijarasidan olingan tushumdan YaST qanday stavkalar boʻyicha hisoblanadi?
Ekspertlarning javoblari:

YaSTni aniqlashda asosiy faoliyat turi oʻsuvchi yakun boʻyicha aniqlanadi. Sizning holatingizda, turgʻun savdo shoхobchalarini ijaraga berish boʻyicha хizmatlar yil yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi hisoblanadi (umumiy hajmda ijara boʻyicha tushum ulushi 73,17%ni tashkil qildi, bu 60%dan koʻp). Turgʻun savdo shoхobchalarini operativ ijaraga berish boʻyicha YaST stavkasi 30% miqdorida tasdiqlangan (Prezidentning 22.12.2015 yildagi PQ-2455-son Qaroriga 10-1-ilova).

Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaST Ma’lumotnoma-hisob-kitobini (AV tomonidan 03.03.2011 yilda 2203-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan MV, IV va DSQ Qaroriga ilova) toʻldirishda 4 chorak uchun:

4-grafaning 020-satrida asosiy faoliyat turi boʻyicha 30% YaST stavkasi, 5-grafaning  020-satrida ulgurji savdo boʻyicha tasdiqlangan YaST stavkasi koʻrsatiladi. Keyin hisob-kitob Ma’lumotnomada koʻrsatilgan formulalar boʻyicha bajariladi.

Yil yakunlari boʻyicha YaST Hisob-kitobini toʻldirishda 1-grafaning “Asosiy faoliyat turi” 070-satrida 30% stavka yoziladi.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.