Savolning ID si: 6111
Unitar korхona alkogol mahsulotlarini ulgurji sotadi va yagona soliq toʻlovchisi hisoblanadi. Bizga mahsulot yetkazib beruvchilar bilan kelishuv asosida 2016 yilda bizga 5% chegirma berildi
Yetkazib beruvchi tomonidan bizga berilgan chegirma korхonaning daromadi hisoblanadimi? Sotib oluvchi korхona (yagona soliq toʻlovchisi)da ushbu holatda soliq oqibatlari yuzaga keladimi?
Ekspertlarning javoblari:

Yagona soliq toʻlovi jami Soliq kodeksida keltirilgan umumbelgilangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻrniga toʻlanadi (Soliq kodeksining 348 – moddasi). Yagona  soliq toʻlovchisi boʻlgan korхonalar daromad soligʻini toʻlamaydilar, chunki daromad soligʻi umumbelgilangan soliqlarga kiradi, bundan Soliq kodeksining 165 – moddasida koʻrsatilgan tartibda toʻlov manbaida ushlab qolinadigan daromad soligʻi mustasno.

Shu tariqa, yagona soliq toʻlovchisi boʻlgan korхonalar mahsulot yetkazib beruvchilarning siylovi (skidka) tariqasida olingan boshqa daromadlardan daromad soligʻini toʻlamaydilar.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.