Savolning ID si: 6298
Ulgurji savdo korхonasi (XXTUT-71150) Yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi hisoblanadi. YaSTni toʻlash 2203-son Nizomga binoan Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdorini (kamida yer soligʻining 3 karra miqdorida) hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllaymiz. 2013 yilning birinchi va ikkinchi choragida hamda 2014 yilning birinchi choragida ish hajmi yoʻqligi sababli soliqning eng kam miqdorini hisobga olgan holda DSIga hisobot topshirilgan va soliq toʻlangan. Soliq organlari ish hajmi mavjud boʻlmagan choraklarda pasaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllanmasligi va qayta hisob-kitobni bajarish zarurligi yuzasidan talabnoma berishdi.
Faoliyat mavjud boʻlmagan taqdirda ulgurji savdo korхonasi YaSTning eng kam miqdori hisob-kitobida pasaytiruvchi koeffitsiyentni hisobga olishi mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:

Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (03.03.2011 yildagi 2203-son) asosan pasaytiruvchi koeffitsiyent amalga oshirilayotgan faoliyat turiga (Nizomning 1-ilovasi) bogʻliq holda qoʻllanadi.  XXTUT 71150 kodi va hisobot davri yakunlari boʻyicha umumiy sotish hajmida savdo tushumining ustunligi savdo faoliyatini amalga oshirishda  yagona soliq toʻlovining eng kam miqdorini hisoblashda 0,35 pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllashi mumkin boʻlgan savdo korхonasining belgilari hisoblanadi. Bunday faoliyatning mavjud emasligi ushbu koeffitsiyentdan foydalanish huquqini bermaydi.

Shunday qilib, Siz YaSTning eng kam miqdorini qayta hisoblashingiz, Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori Ma’lumotnoma-hisob-kitobini, Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdorini hisobga olgan holda yagona soliq toʻlovi Ma’lumotnoma-hisob-kitobini va   Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobini qayta topshirishingiz, shuningdek qayta hisob-kitob boʻyicha YaST summasini qoʻshimcha toʻlashingiz zarur.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.