Savolning ID si: 6303
Korхona plastmassa buyumlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. YaST minimal miqdori hisob-kitobida pasaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllanilgan – 0.5. Birinchi chorakda ishlab chiqarish boʻlgan, biroq sotish (soliq solinadigan oborot) boʻlmagan.
Agar ishlab chiqarish korхonasi (YaST toʻlovchisi) hisobot choragida mahsulot ishlab chiqargan, biroq uni sotmagan boʻlsa, u amalga oshirayotgan faoliyat turiga bogʻliq holda pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllashi mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:

Fikrimizcha, YaSTning eng kam miqdori hisob-kitobida korхona  pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllashi mumkin emas.

Sizning korхonangiz plastmassa buyumlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi, “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (AV tomonidan 3.03.2011 yilda 2203-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) muvofiq YaSTni tasdiqlangan stavkalar boʻyicha, biroq minimal miqdor – pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda egallagan yer uchastkasi maydonidan kelib chiqib hisoblab chiqariladigan yer soligʻining 3 karra summasidan kam boʻlmagan miqdorda  toʻlaydi.

2203-son Nizomga 1-ilovada quyidagi pasaytiruvchi koeffitsiyentlar belgilangan:

K1amalga oshirilayotgan faoliyat turiga bogʻliq holda qoʻllanadigan pasaytiruvchi koeffitsiyent (asosiy faoliyat turi tovar ishlab chiqarish (sanoat sohasi) boʻlgan mikrofirma va kichik korхonalar) – 0.5);

 

 

K2 - yuridik shaхsning joylashgan yeriga bogʻliq holda  qoʻllanadigan pasaytiruvchi koeffitsiyent (amalga oshirayotgan faoliyat turidan qat’i nazar, borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlarda joylashgan tashkilotlar uchun – 0,7).

Siz K1 (0,5) – asosiy faoliyat turi tovar ishlab chiqarish (sanoat sohasi) boʻlgan kichik korхona sifatida pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllagansiz.

Asosiy faoliyat turini aniqlashda Soliq kodeksining 22-moddasiga amal qilish zarur. Korхonaning hisobot davri yakunlari boʻyicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi sof tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyati asosiy faoliyat hisoblanadi. SKning 359-moddasiga asosan chorak YaST boʻyicha hisobot davri hisoblanadi.

Shunday qilib, asosiy faoliyat turini aniqlash YaST minimal miqdorini aniqlash kabi har chorakda amalga oshiriladi (2203-son Nizomning 7-bandi).

YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda yagona soliq toʻlovining Ma’lumotnoma-hisob-kitobida (2203-son Nizomga 3-ilova) hisobot choragi uchun YaST hisob-kitob summasi hisobot choragi uchun YaSTning eng kam miqdori bilan taqqoslanadi.

Yuqorida bayon etilganlarga asosan, agar sotishdan olingan tushum mavjud boʻlmasa, korхona amalga oshirilayotgan faoliyat turini aniqlay olmaydi va YaSTning eng kam miqdori hisob-kitobida tegishli pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllay olmaydi, deb hisoblaymiz.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.