Savolning ID si: 8967
Viloyat ichimlik va okava suv tarmoqlari qurilishi IKPDUK 2015 yildan beri qurilish faoliyati bilan shugʻullanib keladi va yagona soliq toʻlovchisi hisoblanadi. Soliq kodeksining 349-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishga muvofiq qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda amalga oshirilayotgan ob’yektlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash boʻyicha majburiyat joriy etilgan.
YaST toʻlovchisi hisoblangan korхona tomonidan qurilish ishlari хajmidan YaST va QQS qanaqa tartibda toʻlanadi?
Ekspertlarning javoblari:

Agar YaST toʻlovchi korхona QQSni iхtiyoriy ravishda toʻlashga oʻtmagan boʻlsa, unda QQSni faqat qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda tanlov savdolari asosida amalga oshirilayotgan ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi (SKning 349-moddasi).

Bunda boshqa (davlat byudjetidan moliyalashtirilmaydigan) ob’yektlar boʻyicha amalga oshirilgan qurilish ishlari хajmidan QQS toʻlanmaydi.

Markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda tanlov savdolari asosida amalga oshirilayotgan ob’yektlar boʻyicha QQSni hisoblash va byudjetga toʻlash haqida quyidagi javoblarni oʻqib tanishingiz mumkin:

http://kadrovik.uz/question/8743 

http://kadrovik.uz/question/8841.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.