Savolning ID si: 9072
Nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korхona YaST toʻlovchi hisoblanadi, hamda sotuv umumiy hajmida ushbu tovarlarni ishlab chiqarishdan tushum ulushi hisobot davri yakunlari boʻyicha kamida 60 foizini tashkil etgani uchun 28.01.2009y. PQ-1050-sonli qarorga asosan YaST boʻyicha imtiyozdan foydalanadi. Shuningdek sotuv umumiy hajmida eksportning ulushi 30 foizdan koʻpni tashkil etadi. Misol uchun YaST bazasi 600 mln. soʻm deb olsak, bu хolatda YaST imtiyozli summasini хisoblashda ikki hil raqam kelib chikadi. Birinchi хolatda: PQ-1050 sonli qarorga asosan 600 mln. soʻmga 5 foizli stavkada 30 mln soʻm YaST summasi hisoblanadi va ushbu summani moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning tegishli satrida aks ettirilib, buхgalteriya balansida maqsadli tushumlar sifatida aks ettiriladi. Ikkinchi хolatda: Sotuv umumiy hajmida eksportning ulushi 30 foizdan ortiq boʻlganligi sababli YaST stavkasini 50%ga pasaytirishi mumkin. Agar korхona dastlab ushbu imtiyozdan foydalanib, soliq stavkasini pasaytirsa, hisoblangan YaST summasi 2 barobarga kamayib, maqsadli imtiyoz sifatida moliyaviy natijaga olib boriladi. Bu holatda korхonaning sof foydasi koʻproq chiqadi.
Eksport ulushidan kelib chiqib, korхona maqsadli yoʻnaltiriladigan imtiyozli soliq summasini pasaytirilgan YaST stavkasida hisoblashi mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin