Imtiyozlarni hisobga olish
Siqilgan gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qiluvchi korxona uchun 2020 yildagi soliq imtiyozlaridan foydalanish imkoniyati
Ha, korxona 2020 yilda PF-5996 va PF-6029da belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega boʻlgan boʻlsayu, foydalanmaganligi ma’lum boʻlganida, aniqlashtirilgan soliq hisob-kitoblarini taqdim etish orqali foydalanishi mumkin.
Toʻqilgan va trikotaj paypoq-noski mahsulotlarini ishlab chiqarib, eksport qilishda imtiyozlar
Umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchi korxona toʻqilgan va trikotaj paypoq-noski mahsulotlarini eksport qilganida nol darajali QQS solinadi.
Ekskavatorni import qilishda bojxonadagi imtiyozlar hisobi
Bu imtiyozlar buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi, har bir soliq turi va bojxona toʻlovi boʻyicha moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida ochib beriladi
Prezidentning 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285-sonli farmoniga asosan "Uzbekengilsanoat" AJ tugatilib, "Uztekstilprom" assotsiatsiyasi tashkil etilishi munasabati bilan "Uzbekengilsanoat" AJ korxonalari uchun QQSni nul stavka boʻyicha hisoblagan holda ichki bozorda yarim tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha 2020 yil 1 yanvargacha berilgan imtiyozlar saqlanib qolinadimi?
Ha, saqlanib qolinadi. "Uzbekengilsanoat" AJ tugatilishi va "Uztekstilprom" assotsiatsiyasi tashkil etilishi belgilangan boʻlsada belgilangan imtiyozlar bekor qilinmagan.
1. VM 03.09.1999y. 414 – sonli Qaroridagi “Moddiy-texnika va ijtimoiy baza, shuningdek xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish” deganda aynan nimalar nazarda tutiladi? 2. Soliq imtiyozlariga ega byudjet tashkilotlari imtiyoz sifatida yigʻilib qolgan mablagʻlarni qanday qilib, qaysi hujjatlar asosida hisobdan chiqarishi va unga qanday provodkalar berishi kerak?
Moddiy-texnika va ijtimoiy bazani mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlarning aniq roʻyxati qonunchilikda belgilanmagan.
1. Asosiy faoliyati boʻyicha dasturiy ta’minotni yaratish bilan shugʻullanuvchi MChJ Prezidentning 20.09.2016y. PQ-2042-sonli qaroriga asosan yagona soliq toʻlovi boʻyicha 2020 yilgacha imtiyozga ega boʻladimi? 2. Imtiyoz asosida boʻshaydigan mablagʻlarni qaysi maqsadlarga ishlatish huquqiga egamiz va korxona buni amalga oshirmasa, ya’ni ishlatmasa qanday javobgarlikka tortiladi? 3. Imtiyoz asosida boʻshaydigan mablagʻlarni maqsadli joylarga ishlatadigan boʻlsak, qanday provodka beriladi?
Korxonangiz Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestriga kiritilgan boʻlsagina, u Prezidentning 20.09.2013y. PQ-2042-sonli qarori 4-bandida belgilangan imtiyozlardan foydalanishi mumkin.
Buxgalteriya hisobida bojxona toʻlovlari boʻyicha maqsadli va maqsadsiz imtiyozlarni qanday aks ettirish zarur?
Siz “Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni byudjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” (AV 02.04.2005y. 1463-son bilan roʻyxatga olgan) asosida ish yuritishingiz lozim.
OʻzR Prezidentining 28.01.2009 y. PQ-1050-son Qarori “Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Nizom boʻyicha chetdan import qilib keltirilgan xom ashyo va materiallar, asosiy vositalar va ehtiyot qismlarga yagona soliq toʻlovchi korxona (OKONX 17371) buxgalteriyasida qanday buxgalteriya yozuvlari beriladi? Ushbu Qaror boʻyicha berilgan imtiyoz maqsadlimi yoki yoʻq?
Yuridik shaxslar tomonidan byudjetga toʻlanadigan soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni buxgalterlik hisobida aks ettirishning tartibi “Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni byudjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida Nizom” da belgilangan.
Telegram kanali