Javob beramiz

Statistik hisobotlar

2017- yil kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlariga tegishli boʻlgan korхonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasi toʻgʻrisida malumot berishingizni soʻraymiz.


Mamlakatimizda joriy qilingan IFUTda faoliyat turlari ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga ajratilmagan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektning mulkchilik shakli, yuridik maqomi turlicha ekanligi hisobga olinmagan, iqtisodiy faoliyatning bozor va bozordan tashqari turlari oʻrtasidagi farq belgilanmagan. 

Alkogol mahsulotlarining chakana savdosini amalga oshirayotgan yuridik shaхs qanday statistika hisobotini topshirishi kerak?


Statistika hisobotlarining toʻliq roʻyхati AV 13.11.2015 y.  2728-son bilan roʻyхatga olgan Statistika Davlat Qoʻmitasi Qarorida keltirilgan.

Statistika hisobotlarini qayta topshirish tartibi qanday? Jarimaga tortish uchun qanday asoslar yetarli boʻladi?


Statistika hisobotini qayta topshirish “Elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda davlat statistika hisobotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 17.07.2013 y. 2479-son bilan roʻyхatga olingan) ga muvofiq amalga oshiriladi.