So'ngi yangiliklar
Bosh sahifa / Question / Xususiy shartnoma asosida chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida tushuntirish bering.

Xususiy shartnoma asosida chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida tushuntirish bering.

Barcha savollarРубрика: BandlikXususiy shartnoma asosida chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida tushuntirish bering.
0 +1 -1
User Админ. спросил 3 года назад
1 ответ
0 +1 -1
G'ayrat Bozorov Админ. ответил 3 года назад

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlariga muvofiq xukumatlararo, idoralararo shartnomalar va bitimlar asosida faqat Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi mintaqaviy byurolarning ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga chiqish xuquqiga egadirlar. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xususiy mehnat kontraktlari bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga faqat O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha chiqish huquqiga egadirlar. O‘zbekiston Respublikasining xususiy mehnat kontraktiga ega bo‘lgan fuqarolari chet ellarda ijtimoiy muhofazalanishni ta’minlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga quyidagi xujjatlarni ikki nusxada taqdim etishlari lozim.
-ariza;

-xorijiy firmadan (ish beruvchidan) olingan davlat tiliga tarjima qilingan, barcha ijtimoiy kafolatlar va tibbiy sug‘urta ko‘rsatilgan, shuningdek mehnat vizasi (EMPLOYMENT VIZA) bilan ta’minlash borasida ish beruvchining majburiyati nazarda tutilgan holda notarial tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan legalizatsiya qilingan kontrakt nusxasi;

-ish beruvchi to‘g‘risidagi qisqa ma’lumotlar;

-ma’lumotnoma-xolisnoma;

-O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli shakldagi sog‘ligining holati to‘g‘risida ma’lumotnoma.
 
Izoh: ushbu savol-javob mehnat.uz saytidan olindi.

sirojiddin ответил 3 года назад

men raimov sirojiddin shartnoma asosida chet elda ishlamoqchiman kareyaga ketardim pulim yuq tulashga uz ishimni ustasiman svarchikman yul kursatishlarizni suriman iltimos +998945790233

96
19