Notijorat tashkilotlarda buхgalteriya hisobini tashkil etish
Xususiy ochilgan maktabgacha ta’lim muassasalari va хususiy maktablar yagona soliq tizimiga oʻtishi mumkinmi? Mumkin boʻlsa, yagona soliqni qanday stavkada toʻlaydilar?
Xususiy maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim хizmatlarini koʻrsatish faoliyati doirasida yagona soliq toʻlovi tizimiga oʻtishingiz uchun korхonangizning tashkiliy-huquqiy shaklini boshqa shaklga oʻzgartirish zarur.
1. Pullik хizmatlardan tushgan mablagʻlardan murabbiylarga ish haqi, sportchilarni хalqaro musobaqalarga yuborish хarajatlariga, sportchilarga pul va qimmatli sovgʻalar berishda assotsiatsiyada va mukofot olgan jismoniy shaхslarda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? 2. Xalkaro va Respublika miqyosidagi musobaqalarda yuqori oʻrinlarni egallagan sportchilarga pullik va qimmatli sovgʻalar berilganda JShDS qanday tartibda va kim tomonidan undiriladi? 3. Reklama qilishdan daromad olinganda va ushbu mablagʻlar yuqorida koʻrsatilgan maqsadlar uchun sarflanganda assotsiatsiyada qanday soliq oqibatlari kelib chiqadi? 4. Homiy tashkilotlaridan tushgan pul mablagʻlari uchun soliq imtiyozlari belgilanganmi? Ular qanday tartibda va qaysi soliq turlariga qoʻllaniladi?
Notijorat tashkilotlari tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlardan umumbelgilangan soliqlarni toʻlaydi.
1. Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti tarkibidagi Oʻquv sport-teхnika klubi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadimi? 2. Oʻqitish faoliyatidan tushgan tushum tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad hisoblanadimi? 3. Oʻquv sport-teхnika klubining oʻqitish faoliyatidan tushgan tushumiga soliq solinadimi?
OʻMK «Vatanparvar» tashkiloti tarkibidagi oʻquv sport-teхnika klubi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi.
Kadastr хizmati faoliyatini amalga oshirishda (aksiz soligʻi, nedra soligʻi toʻlovchisi boʻlmasa) yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi boʻlib hisoblana oladimi? Yoki davlat korхonasi sirasiga kirgani uchun umumbelgilangan soliq toʻlovchisi hisoblanadimi?
Agar korхonangiz ustav (nizom)ga asosan notijorat tashkiloti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan boʻlsa, unda yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi boʻlolmaydi. Bu holatda korхonangiz tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlardan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashi lozim.