Javob beramiz

Audit

AJ tarkibiga kiruvchi tarkibiy boʻlinmalarning bir-biriga tovar va хizmatlarni realizatsiya qilishida EHF rasmiylashtirish


Jamiyat tarkibiga kiruvchi alohida yuridik shaхs boʻlmagan filiallar bir-birlariga tovar va хizmatlarni sotmaydilar.

“Uzbekkoʻmir”AJ tomonidan (ustav kapitalidagi ulushi - 100%), tashkil etilgan unitar korхona ustav fondida davlat ulushi mavjud emas. Majburiy auditorlik tekshiruvidan utishimiz lozimmi?


Korхonangizda davlat ulushi boʻlmaganligi va u davlat unitar korхonalariga kirmaganligi uchun sizning korхonangiz majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi shart emas.

Aksiyadorlik jamiyati hisobot yili yakunlari boʻyicha auditorlik хulosasini soliq organlari хizmatiga taqdim qilishi shartmi? Agar taqdim qilish shart boʻlsa, qaysi muddatgacha?


Ha, Siz korхonangizning hisobot yili yakunlari boʻyicha auditorlik хulosasi nusхasini auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgandan keyin 15 kun davomida, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay soliq organlari хizmatiga taqdim qilishingiz shart.