QQS
Import chogʻidagi QQSni muddati uzaytirilgan holda toʻlanganda hisobga olish
Korxona toʻlangan QQSni hisobga olish uchun 2020 yil dekabr oyi uchun emas, bojxona toʻlovlari boʻlib-boʻlib toʻlagan davr uchun aniqlashtirilgan QQS hisobotini taqdim etishi kerak.
Yuk tashuvchi korxona sotib olgan yengil avtomashina boʻyicha QQSni hisobga olish
Korxona sotib olgan yengil avtomashinadan xizmat maqsadlarida va soliq solinadigan aylanmalar uchun foydalalanadigan boʻlsa, toʻlangan QQSni hisobga olishi mumkin.
Soliq Kodeksi boʻyicha eksport nima?
Eksport invoys asosida amalga oshirilganda eksport qiluvchining bankdagi hisobraqamiga tovar uchun oldindan 100% toʻlov tushsa hamda tegishli ma’lumotlar TSOYaEA tizimiga kiritilsa, tovarlar eksportga sotilgan deb hisoblanadi.
1.Ushbu bandga (SKning 246-moddasi 4-bandi) koʻra savdo va ishlab chiqarish korxonalari tomonidan tayyor mahsulot yoki tovar sotilsa ham QQS toʻlash majburiyati yuzaga keladimi yoki bu faqat qurilish tashkilotlari uchun tegishlik bandmi? 2.Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari toʻgʻrisida tushuncha bersangiz?
Soliq xizmati organining talabnomasida QQS toʻlash talabi qaysi qonun hujjatiga asosan qoʻyilayotgani koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Markazlashtirilgan manbalarni jalb qilgan holda qurilayotgan ob’yektlarga moddiy resurslarni yetkazib beruvchilari tanlov asosida tanlab olinadi.
Biz qaysi summadan QQS byudjetga toʻlab beramiz, 2400 000 x 20%=480 000 ming soʻmmi yoki 400 000 ming soʻmmi?
Byudjtega toʻlanadigan QQS summasi sotilgan tovarlar boʻyicha xaridordan olingan QQS summasi bilan belgilangan tartibda zachyotga olinadigan QQS summasi orasidagi farq sifatida aniqlanadi.
1. Korxona noyabr oyidan ish haqiga oid soliqlarni toʻlab, hisobotini topshirishi kerakmi? 2. Agar XK umumbelgilangan soliq toʻlovida boʻlsa, foyda soligʻi va QQS dan tashqari qanday soliqlarni toʻlashi va qanday hisobotlar topshirishi kerak? 3. Schet –fakturada QQS - koʻrsatilgan EKIHning ichidan olinishi kerakmi yoki ustiga qoʻyilishi kerakmi? 4. Agar ustiga qoʻyilsa xizmat haqi oshgan boʻladi va bu mijozlarni yoʻqotilishiga sabab boʻlmaydimi?
JShDS, YaIT, sugʻurta badalini har oy toʻlaysiz, JShDS boʻyicha hisobotni har chorakda, YaIT va sugʻurta badali boʻyicha hisobotni har oyda topshirasiz. Foyda soligʻi, QQS toʻlaysiz, soliq ob’yekti mavjud boʻlsa mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlaysiz.
1. Xisobga olinadigan QQSni xisobga olinadimi? 2. 2018 yil 1-yanvar xolatiga tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qoldiqlari boʻyicha QQS summasini xisobga olinadimi? 3. Korxona YaST summasi byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasiga, lekin YaST summasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorga kamaytish xuquqiga egami?
QQSni hisobga olish SKning 218-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Toʻlanadigan YaST summasini QQS summasiga kamaytirish SKning 360-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
1. Korxonamiz YaST toʻlovchisi boʻlgani holda, markazlashgan manbalar hisobidan tashkillashtirilgan tenderda yutib olingan shartnoma asosida oʻzi ishlab chiqargan(lotok) mahsulotlarni DUKga QQS bilan sotishi mumkinmi? 2. Agar mumkin boʻlsa hisob-kitob qanday tartibda yuritiladi?
Markazlashtirilgan manbalarni jalb qilgan holda tanlov savdolari asosida quriladigan ob’yektlar boʻyicha qoʻshimcha qiymat soligʻini toʻlaydilar.
2017 yil noyabr va dekabr oylaridagi kiruvchi schyot-fakturani 2018 yilda QQS boʻyicha soliq hisobotining 7-ilovasida aks ettirsa boʻladimi?
2017 yil uchun olingan va hisobotga kirmay qolgan schyot-faktura 2018 yilning soliq hisobotga kiritilmaydi. Bunday holatda 2017 yilning soliq hisoboti qayta topshiriladi.
Bizning korxonamiz tovarlarni import qilishda "Oʻzkimyoimpeks" MChJ tomonidan toʻlangan QQS summasini qanday hisobga olishimiz kerak va bunday holatda ular tomonidan bizga qanday xujjatlar taqdim etilishi kerak?
“Oʻzmiyoimpeks” MChJ sizning korxonangizga tovar sotib olish boʻyicha barcha operatsiyalar toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.03.2007 yildagi № PF-3860 sonli farmoniga asosan bojxona toʻlovlari va QQSni qayta hisob chiqish va byudjetga toʻlash tartibi qanday amalga oshiriladi?
Prezidentning 14.03.2007 yildagi № PF-3860 Farmoniga binoan berilgan soliq va bojxona imtiyozlari AVda 25.08.2017 yilda 2918-son bilan
Qurilish korxonasi tomonidan QQS qaysi holda toʻlanadi, bizning korxonamiz QQS toʻlovchisi hisoblanadimi?
Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda tanlov savdolari asosida amalga oshirilayotgan ob’yektlar boʻyicha, qurilish tashkiloti qaysi soliq solish tartibini qoʻllashidan qat’iy nazar, QQS toʻlovchisi hisoblanadi.
Yuqorida bayon etilgan holatda xom ashyo va materiallar boʻyicha QQSni hisobga (zachyotga) olish mumkinmi?
QQS toʻlovchisi boʻlmagan korxona QQSni ixtiyoriy toʻlashga oʻtgan taqdirda, u bunday turdagi toʻlovlarga oʻtilgan paytdan e’tiboran tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qoldiqlari boʻyicha QQS summasini hisobga olish huquqiga ega boʻladi (SKning 218-moddasi).
1. Import kilingan Auditorlik xizmatlari uchun bizning korxona tomonidan QQS toʻlovlari amalga oshiriladimi? 2. Agar QQS toʻlovlari amalga oshirilsa , byudjet bilan hamda xizmatlarni koʻrsatuvchi bilan hisob-kitob qanday tartibda amalga oshiriladi?
Xorijiy kompaniya tomonidan koʻrsatilgan auditorlik xizmati boʻyicha QQS toʻlanishi kerak. Soliq solinadigan baza SKning 207-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadi. QQS summasi xorijiy kompaniyaga xizmat haqi toʻlangan paytda byudjetga oʻtkaziladi.
Korxona QQS hisobotini taqdim etayotgandi QQS boʻyicha hisobotning 7-ilovasida bojxona boshqarmasiga toʻlangan QQS summasi aks ettiriladimi? Agarda aks ettirilsa uning 6 (Yetkazib berish kiymati QQSsiz) va 7- (QQS summasi) ustunlarida qaysi summa aks ettiriladi?
QQS boʻyicha hisobotning 7-ilovasida sotib olingan import tovarlarning BYuD ma’lumotlari aks ettiriladi: 6-ustunda QQS hisoblab chiqariladigan baza, 7-ustunda QQS summasi.
- 1
- 2
Telegram kanali