So'ngi yangiliklar
Bosh sahifa / Question / Ishga qabul qilish jarayoni qanday bochqichlarni o‘z ichiga oladi?

Ishga qabul qilish jarayoni qanday bochqichlarni o‘z ichiga oladi?

Barcha savollarРубрика: Mehnat shartnomasi tuzishIshga qabul qilish jarayoni qanday bochqichlarni o‘z ichiga oladi?
0 +1 -1
User Админ. спросил 3 года назад

Mening o‘g‘lim 19 yoshda. U birinchi marta ishga joylashdi. Bir oy oldin u o‘zining barcha hujjatlarini tayyorladi va rahbariyatga taqdim qildi. Uch xaftadan beri har kuni ishga borayapti. Birinchi maoshini oladigan paytga yaqin qoldi, lekin uni ishga olishganligi haqidagi buyruq chiqdimi, degan savolimga o‘g‘lim javob bera olmayapti. Ishga qabul qilish jarayoni qanday bochqichlarni o‘z ichiga oladi?

1 ответ
1 +1 -1
G'ayrat Bozorov Админ. ответил 3 года назад

Sizning o‘g‘lingizni ishga qabul qilish paytida huquqbuzarlikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi ehtimoli bor.

Ishga qabul qilish jarayonini shartli ravishda uchta bosqichga bo‘lish mumkin:

  • ishga qabul qilish paytidagi tanishtiruv jarayoni;
  • mehnat shartnomasini tuzish;
  • ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni chiqarish;

Qonunchilikda ishga kirayotganlar va ish beruvchilarga aniq huquqlar kafolatlangan hamda ularga mehnat munosabatlari boshlangunga qadar ham tegishli majburiyatlar yuklangan.

Shunday qilib, ishga qabul qilish tartibi bu ishga kiruvchi va ish beruvchining ixtiyoriy harakatlari emas, balki qonunchilik bilan belgilangan muomala qoidalaridir.

Ishga qabul qilishning asosiy va eng muhim bosqichi bu mehnat shartnomasini tuzish, ya’ni xodim va ish beruvchining barcha shartlar bo‘yicha kelishuvga erishishi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, tomonlar kelishuvning barcha zarur va qo‘shimcha shartlari bo‘yicha kelishmagunlaricha mehnat shartnomasi tuzilmaydi. Xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi lozim darajada rasmiylashtirilishi hamda xodim va ish beruvchi tomonidan imzolanishi lozim.

Tuzilgan mehnat shartnomasi asosida xodimni ishga qabul qilish haqidagi buyruqni chiqarish, shuningdek, xodimni u bilan tanishtirish ishga qabul qilish jarayonini tamomlaydi.

Shu sababli, sizning o‘g‘lingiz sinov muddatini o‘tayotgan bo‘lgan taqdirda ham u mehnat shartnomasini tuzgan bo‘lishi va ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqni tanishib imzolagan bo‘lishi lozim edi. Mehnat kodeksining 82-moddasi muvofiq, ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yoki uning ijozati bilan xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilgan bo‘lsa, ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganidan qat’iy nazar, ish boshlangan kundan e’tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
 
Izoh: Ushbu savol-javob mehnat.uz saytidan olindi.