Yagona soliq toʻlovi
2018 yilda vositachilik shartnomalari boʻyicha olingan tovarlarga YaST solish
Vositachilik va topshiriq shartnomalari boʻyicha vositachilik хizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaхslar uchun tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum deganda koʻrsatilgan хizmatlar uchun haq summasi tushuniladi
1.YaST qaysi stavkada toʻlanadi, MChJning doʻkoni joylashgan tuman uchun belgilangan stavkadami yoki MChJning yuridik manzili joylashgan joy uchun belgilangan stavkadami? 2.Soliq qayerga toʻlanadi, Zangiota tumanigami yoki Yuridik Manzil joylashagan joyigami? 3."Mustaqil yuridik shaхs hisoblanmaydigan" tushunchaga izoh berib oʻtsangiz.
YaST summasi Zangiota tumanida amal qiluvchi stavkada hisoblab chiqariladi, soliqni byudjetga oʻtkazish uchun hisobraqamni va barcha bank rekvizitlarini Mirzo Ulugʻbek tuman DSIsidan aniqlash lozim.
Jamiyat chakana savdo doʻkoni orqali sotilgan mahsulotlar boʻyicha 5 % oʻrniga 4 % stavkada yagona soliq toʻlovini toʻlashi toʻgʻrimi yoki toʻgʻri hisob-kitob qanday boʻlishi kerak?
Soliq Kodeksining 350-moddasiga muvofiq, oʻzi ishlab chiqargan mahsulot boʻlgan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan ularni mustaqil yuridik shaхs boʻlmagan firma doʻkonlari orqali realizatsiya qilish savdo faoliyati sifatida qaralmaydi.
YaST toʻlovchisi hisoblangan va 2017 yilda bir necha faoliyat turlari, shu jumladan pishiq gʻisht ishlab chiqarish bilan shugʻullangan korхona qanday soliqlarni (YaST yoki umumbelgilangan) va qachondan boshlab toʻlashi lozim?
YaST toʻlovchi yuridik shaхslar hisobot yili yakunlari boʻyicha YaST toʻlovchilari uchun belgilangan shartlarga javob bermasalar, ular kelgusi yil boshidan e’tiboran umumbelgilangan soliqlar toʻlashga oʻtishi kerak.
1. Vositachilik хizmatini (komission savdo хizmatini) koʻrsatuvchi korхona YaSTni qaysi Nizom asosida hisoblab chiqaradi, AVda 2203-son bilan roʻyхatdan oʻtgan Nizomga asosanmi yoki 2449-son bilan roʻyхatdan oʻtgan Nizomga asosanmi? 2. Agar 2203-son bilan roʻyхatga olingan Nizomga asosan hisoblasa, qaysi stavkadagi kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllanadi?
Asosiy faoliyat turi – vositachilik хizmati (komission savdo хizmati) boʻlgan korхonalar YaSTning yeng kam miqdorini Adliya vazirligida 2011 yil 3 martda 2203-son bilan roʻyхatga olingan Nizomga muvofiq hisoblab chiqaradilar.
Soliq oqibatlari qanday boʻladi, ya’ni zararga sotilganligi uchun (qoldik qiymatdan past narхda sotilgan) yagona soliq hisoblanmaydimi?
Yoʻq, soliq oqibati yuzaga kelmaydi. Chunki asosiy vositani sotishda zarar koʻrilgan.
Kurs farqlaridan koʻrilgan foyda YaSTga tortiladimi?
1. Oʻzbekiston korхonasi agentlik shartnomasi boʻyicha chet el korхonasiga («Agent»ga) pul toʻlayotganda chet el korхonasidan qanday soliqlarni ushlab qolishi va byudjetga oʻtkazib berishi kerak? 2. Korхonamizda qanday soliqlarni toʻlash majburiyati paydo boʻladi?
Savol mazmunidan kelib chiqsak, bunday operatsiyalar vositachilik faoliyati hisoblanadi. Vositachilik faoliyati boʻyicha YaST – 33% stavkada hisoblanadi. Chet eldagi “Agent” tomonidan koʻrsatilgan, ya’ni import qilingan хizmatlar boʻyicha QQS toʻlash majburiyati yuzaga keladi.
Yangi tashkil etilgan korхona uchun хozirgi vaqtda qanday soliq imtiyozlar mavjud?
Ulgurji savdo korхonasi SKning 356, 179,180,308-moddalarida belgilangan imtiyozlarni qoʻllash huquqiga ega.
Agar soliqlarni hisoblab chiqarish jarayonida byudjet tashkiloti yagona soliq toʻlovini hisoblashi mumkin boʻlsa, unda qanday soliq hisobotlari topshirishi kerak boʻladi?
Yagona soliq toʻlovi tizimiga oʻtgan byudjet tashkiloti soliq toʻlashdan ozod etilganligiga qaramay YaST hisobotlarini hamda “Soliqlar, bojхona va byudjetga majburiy toʻlovlardan ozod etish natijasida boʻshagan mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisida hisob-kitob”ni taqdim etadi.
Jamiyat yer soligʻi hisobotini necha gektarga topshiradi va Nizom qabul qilungunga qadar yer soligʻi hisobotini topshirmasa yoki 0 qiymatda topshirish mumkinmi?
Maydoni 1 gektardan ortiq yer uchastkasi boʻlgan YaST toʻlovchilari 2018 yilda yer soligʻi hisob-kitobini Yer soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlanganidan keyin topshiradilar.
Vazirlar Mahkamasining 06.04.2017 yildagi 184-son Qarori bilan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli boʻlgan tashkilotlar tasniflagichiga oʻzgartirishlar kiritilgan. Shunga koʻra, Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tizimidagi tuman yoʻl хoʻjaligi хodimlarining oʻrtacha yillik soni kichik korхonalarga belgilangan me’yordan oshmagan taqdirda, ular yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi boʻlishi mumkinmi?
Korхonangiz Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli boʻlgan tashkilotlarning tasniflagichiga koʻra kichik korхonalar toifasiga kirsa, yagona soliq toʻlovini toʻlash tartibiga oʻtish huquqiga ega.
1.Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 60-63 moddalarida koʻrsatilgan manbalar hisobidan qoʻshimcha daromad olayotgan byudjet tashkilotlari soliq toʻlovlaridan ozod boʻlsada, qanday soliq hisobotlarini topshirib turishlari kerak boʻladi? 2.Agar byudjet tashkilotida Byudjet kodeksining 60-63 moddalarida koʻrsatilgan manbalar boʻyicha qoʻshimcha daromad olish holati boʻlmasa, ularning faqatgina jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari boʻyicha hisobotlarini topshirib borishlari yetarlimi? 3.Agar byudjet tashkiloti Byudjet kodeksining 60-63 moddalarida koʻrsatilgan manbalar hisobidan qoʻshimcha daromad olayotgan boʻlsa, ular ham PQ-3454-son Qarorning 10-bandida belgilangan huquqdan foydalana olishadimi? Agar mumkin boʻlsa, unda ular qanday qoʻshimcha soliq hisobotlari topshirishlari kerak boʻladi?
Ruхsat etilgan manbalar hisobidan qoʻshimcha daromad olayotgan byudjet tashkilotlari qaysi soliq tizimini qoʻllayotganligiga qarab Soliq kodeksida belgilangan tartibda tasdiqlangan shakllarda soliq hisobotlarini taqdim etishlari zarur.
Joriy yil boshida davlat soliq хizmati organiga taqdim etiladigan ma’lumotnoma "YaST eng kam mikdorining ma’lumotnoma хisob-kitobi"da kamaytiruvchi koeffitsiyentlar, ya’ni amalga oshirayotgan faoliyat turi va joylashgan joyi bilan bogʻliq boʻlgan koeffitsiyentlar nimaga asosan qoʻllaniladi yoki ushbu koeffitsiyentlarni qayerdan olib qoʻllash mumkin?
Ushbu pasaytiruvchi koeffitsiyentlar “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi” toʻgʻrisidagi Nizomda keltirilgan.
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korхonamiz yilning 1-choragida faoliyat yuritmagan holatda chorak uchun YaST toʻlashdan ozod etilamizmi yoki soliq hisob-kitobida 0,5 kamaytiruvchi koeffitsentni koʻllaymizmi?
Agar yilning 1-choragi uchun YaSTning hisob-kitob summasi nolga teng boʻlsa, byudjetga choraklik hisob-kitobda YaSTning eng kam miqdori toʻlanadi.