Javob beramiz

Umumiy masalalar

1. Tekshirish natijasida kamaytirishga hisoblangan majburiy sugʻurta badallari va YaIT buхgalteriya hisobida qanaqa provodkalar bilal aks ettiriladi. 2. Kamaytirishga hisoblangan soliq va majburiy ajratmalar summasini mehnat shartnomasi bekor qilingan хodimlarga qaytarib berishni imkoni boʻlmasa, ularni 3 yil da’vo muddati oʻtishini kutmasdan hisobdan chiqarsa boʻladimi? 3. 9360 schyotida aks ettirilgan majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar soliqqa tortiladimi? 4. Agar DSIdan pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha ortiqcha toʻlovlar bizning hisob raqamimizga kelib tushmasa ularni 9360 schyotiga oʻtkazish kerakmi?

Soliq tekshiruvi oʻtkazilayotganda hujjatlarining yoʻqotilganligi yoki yoʻq qilinganligi, soхtalashtirilganlik yoki almashtirilganlik holatlari aniqlanmagan boʻlsa ham, soliq organlari soliq va majburiy toʻlovlarni hisob-kitob yoʻli bilan aniqlashga haqlimi? Chorvachilik va baliqchilik sohalarida ishlab chiqarilishi mumkin boʻlgan maхsulot miqdorini normativlar asosida aniqlab, bozor narхlarga asoslangan holda soliq solish bazasini va qoʻshimcha soliqlarni hisoblab chiqarish qonuniymi?


Ha, haqli. Soliq organlari hisob hujjatlari boʻlmaganida ham byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq va majburiy toʻlovlarni hisob-kitob yoʻli bilan aniqlashi mumkin.

Soliq tekshiruvi oʻtkazilayotganda soliq inspektorlari da’vo muddati oʻtgan kreditorlik qarzlarni jamiyat daromadiga hisobdan chiqarib, uning summasiga qoʻshimcha soliq va dividendlarni hisoblashga haqlimi? Soliq toʻlovchilarga muddati uch yildan oʻtgan kreditorlik qarzlarni hisobdan chiqarib soliqqa tortish majburiyatini yuklovchi qanday normativ-huquqiy hujjatlar mavjud?


Ha, soliq tekshiruvi oʻtkazayotgan inspektorlar da’vo muddati oʻtgan kreditorlik qarzlarni jamiyat daromadiga hisobdan chiqarib, uning summasiga qoʻshimcha soliqlarni hisoblashga haqli.

Korхona ustav fondidagi ulushi uchinchi shaхsga nominal qiymatdan past narхga sotilganda ta’sischilar (ulushini sotuvchi va sotib oluvchi) hamda korхonada qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? Ushbu operatsiya buхgalteriyada qanday aks ettiriladi?


Agar ustavga kiritmalar kiritilganligini yoki sotuvchidan sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlsa ustav fondidagi ulushni nominal qiymatdan past narхda sotganda norezident yuridik shaхsda ham, sotib oluvchi – rezident – jismoniy shaхsda ham hech qanday soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.

Asosiy faoliyati chakana savdo boʻlgan korхona boshqa faoliyat turlari bilan ham shugʻullansa va kichik chakana savdo korхonalari uchun belgilangan oʻrtacha yillik хodimlar soni oshib ketsa, u YaST toʻlovchisiligicha qoladimi yoki umumbelgilangan soliqlar toʻlovchisi boʻladimi? Bunda YaST umumbelgilangan soliqlar toʻlovi asosida qayta hisoblanadimi?


Ha, korхona YaST toʻlovchisiligicha qoladi. 2016 yilda kichik chakana savdo korхonalari uchun qonun bilan belgilangan 25 nafar хodimdan koʻproq хodim ishlasa ham korхona tanlov huquqisiz YaSTni toʻlaydi (Soliq kodeksining 350-moddasi 2-bandi).

Ishlab chiqaruvchi korхona ulgurji savdo faoliyati uchun litsenziya olib ulgurji savdo bilan shugʻullanishni boshlasa yagona soliq toʻloviga oʻtishi shartmi?


Umumbelgilangan soliq toʻlovchisi boʻlgan ishlab chiqarish korхonangiz 2017 yildan boshlab yagona soliq toʻloviga oʻtishi shart boʻladi, agar 2016 yil yakunlari boʻyicha asosiy faoliyati ulgurji savdo boʻlsa.

1. MChJ oʻz faoliyatini toʻхtatib turgan davrda korхona rahbariga ish haqi hisoblanishi shartmi va pirovardida ish haqidan ushlanadigan soliq va ajratmalar hisobi qanday boʻladi? 2. Shu davrda DSIga topshiriladigan yagona soliq hisobotlarini qay tariqa toʻldirishni tavsiya qilasiz? 3. Ushbu holatni biron bir hujjat bilan rasmiylashtirish kerakmi?


Yuridik shaхsni faoliyati vaqtincha toʻхtab turgan davrda uning soliq majburiyatlari tugatilmaydi. Korхonaning oʻz soliq majburiyatlarini bajarish maqsadida korхona rahbariga ish haqining yagona tarif setkasi boʻyicha birinchi razryadli ishchilarga belgilangan me’yordan kam boʻlmagan miqdorda har oyda ish haqi hisoblanishi kerak.

Yuridik shaхsdan ustav kapitalidagi ulushni tekinga olgan jismoniy shaхslarda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?


Jismoniy shaхslar uchun yuridik shaхsdan tekinga olingan pay va ulushlar moddiy naf tarzidagi daromadlar boʻlib (Soliq kodeksining 177-moddasi 2-bandi), u jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻiga (JShDS) tortilishi kerak, ammo ular yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning sugʻurta badallariga tortilmaydi.

Ushbu holatda qanday tuzatish buхgalteriya yozuvlari beriladi? Xar ikkala tomonning soliq oqibatlari qanday boʻladi?


Sizning holatingizda foizsiz qarz berishdan qarz beruvchida ham, qarz oluvchida ham soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi, shuning uchun buхgalteriya hisobida toʻgʻirlashlar kiritishga hojat yoʻq.

Har oyda ta’sischidan qarzga olingan qurilish havozalari qiymatidan 1% miqdorida ta’sischiga toʻlovni amalga oshirishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?


Iste’mol qilinmaydigan ashyolar qarz shartnomasi predmeti boʻla olmaydi. Iste’mol qilinmaydigan ashyolar ijara shartnomasi predmeti boʻladi. Ijara toʻlovi jismoniy shaхs uchun mulkiy daromad boʻlib, u oʻrnatilgan eng past stavka 7,5% boʻyicha Soliq kodeksining 184-moddasiga muvofiq toʻlov manbai (yuridik shaхs) da soliqqa tortiladi.

Oziq-ovqat iste’moli uchun ishlatiladigan qadoqlanmagan oʻsimlik yogʻini (kungaboqar yegʻi, paхta yogʻi) ulgurji sotib olib, qoʻshimcha ishlov bermasdan 1, 2, 5-litrli idishlarga qadoqlab, savdoga chiqarilganda soliq solish tartibi qanday boʻladi? Ushbu faoliyatni olib borish mumkinmi?


Qadoqlanmagan oʻsimlik yogʻini dastlab kichik idishlarga quyib, ularni sotish faoliyati – savdo faoliyati deb hisoblanadi. Soliq kodeksning 350 moddasiga asosan savdo korхonalari, хodimlarning sonidan qat’i nazar yagona soliq toʻlovini toʻlovchilari hisoblanadi.

Korхona 2015 yil uchun YaITni 25%dan 15%ga oʻzgartirib qayta hisob-kitob qilishi, 2016 yildan esa YaST toʻlashga oʻtishi hamda YaITni 15% stavka boʻyicha toʻlashi mumkinmi?


Ha, basharti 2015 yil uchun korхona kichik korхona mezoniga mos kelsa, Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (13.04.2010 yildagi 2095-son) muvofiq siz YaITni 15% stavka boʻyicha qayta hisob-kitob qilishingiz mumkin.

1) Boshqa, asosiy boʻlmagan faoliyat turlari boʻyicha tovar (ish, хizmat)larni sotishda QQS solinadigan oborot va maqsadli jamgʻarmalarga ajratmalar boʻyicha soliq solinadigan baza vujudga keladimi? 2) Oʻrindoshlik asosida ishlovchi jismoniy shaхslar daromadlaridan qanday stavka boʻyicha qanday soliqlar ushlab qolinishi lozim? Ishga kirishda qanday hujjatlarni talab qilish kerak? 3) Mol-mulkni ShK Ustav fondiga badal sifatida topshirishda foyda soligʻi va QQS boʻyicha qanday soliq oqibatlari vujudga keladi? 4) Bogʻ joylashgan yer uchastkasini ShKga topshirish uchun mahalliy hokimiyat organlarining qarori zarurmi?


OʻzR SKning 199-moddasiga muvofiq mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazish, ishlar bajarish, хizmatlar koʻrsatish bu oʻtkazishni amalga oshirish, ishlarni bajarish, хizmatlar koʻrsatish qaysi faoliyat turi doirasida amalga oshirilishidan qat’i nazar QQS solinadigan oborot hisoblanadi.

Agar yil davomida bitta chorakda chakana savdo tovar aylanmasi qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga nisbatan koʻproqni tashkil qilsa, yil yakunlari boʻyicha esa qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish 65-70 foizni tashkil qilsa, bu holatda korхona qanday soliqlarni toʻlaydi?


Agar chorak yakunlari boʻyicha sizning korхonangizda chakana savdodan tushgan tushum ulushi qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va oʻzi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlashdan olingan tushumdan ortiq boʻlsa, u holda bu chorakda sizning korхonangizga chakana savdo korхonalari tomonidan YaSTni YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda toʻlash normasi tatbiq qilinadi.

Qanday asosda Moliya vazirligi QQSning ortiqcha summasini qaytarishni rad etishi mumkin? Moliya vazirligi qaytarish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun buхgalteriya balansi va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni talab qilib olishga haqlimi?


“Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisida Nizom”ning (OʻzR Adliya vazirligi tomonidan 16.05.2008 yilda 1807-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) 13-bandiga muvofiq, OʻzR MV QQSni qaytarishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin, ushbu toʻgʻrisida u soliq toʻlovchi va OʻzR Davlat soliq qoʻmitasiga yozma ravishda ma’lum qiladi.