Саволнинг ID си: 15458
Xodim 3 oy ishladi va homiladorlik ta'tiliga chiqmoqchi. 106 kunlik mehnatga layoqatsizlik varaqasini olib keldi.
Xodimga homiladorlik ta'tili qanday rasmiylashtiriladi?
Экспертларнинг жавоблари:

Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi homiladorlik va tug‘ish ta’tilining butun davrida to‘liq ish haqi miqdorida to‘lanadi (МК 286-m.Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 1136, 14.05.2002-y.) 4, 5-paragraflari).

Ushbu ta’tilning butun davri deganda tug’ruqqa qadar 70 kalendar kun va tug’ruqdan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda -70 kalendar kun), jami 126 (140) kunlik muddat tushuniladi (MK 233-m. va Nizomning 40, 48-bb.).

Bu ta’til jamlangan holda hisoblab chiqilib, 106 kunga berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasidan va tug‘ishga qadar amalda bunday ta’tilning necha kunidan foydalanilganidan qat’i nazar to‘liq muddatga beriladi (MK 233-m. va Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2667, 17.04.2015-y.) 27, 30-bb.).

Экспертларнинг жавоблари уларнинг фикрларини акс эттиради ва Сиз мустақил қарор қабул қилишингиз учун ахборот асосини яратади. Ушбу сервисдан фойдаланишда Сиз сайт орқали савол бера туриб, уларга рози бўлган қоидаларга амал қилинади. Барча савол ва жавобларни эркин кўриш мумкин.
Жавоблар улар эълон қилинган санада долзарб ҳисобланади.